Biz birga o'sdik, hatto bir zumga,
Ham ajralmas edik ikkimiz.
Opa-singil sho'x, sirlashib quvnoq,
Baxtli o'tdi yoshligimiz,

Mana bugun sen, oq libosni,
Kiyib kelin bo'lding kuzatamiz.
Kim o'ylabdi tez, o'tarkin yillar,
Sensiz huvillar uyimiz.

Naqorat:
Xayr, opajonim, endi o'zga uyda qalbing, ko'zlaring,
Hech bo'lmasin nam.
Xayr opajonim, sevimli yor bo'lgin,
Bo'lsin baxting tillodan.

Onam yig'laydi, bosib bag'riga,
Ozgalarga o'rganar qanday?
Otam jilmayar, qoli ko'ksida,
Achchiq ko'z yoshini bildirmay.

Naqorat:
Xayr, opajonim, endi o'zga uyda qalbing, ko'zlaring,
Hech bo'lmasin nam.
Xayr opajonim, sevimli yor bo'lgin,
Bo'lsin baxting tillodan...

Комментарии